Savollar

Kimga mos va kimga mos emas

Toʻlashdan oldin ochiq yozamiz. Mos kelmasangiz, toʻgʻri Lab yoki keyingi qadamni koʻrsatamiz.

A nuqta: hozir

AQShda oʻqishni koʻzlayapsiz, lekin qaysi yoʻl sizga real, qancha pul kerak, qaysi universitet xalqaro talabaga yordam beradi va viza qanday olinishi hali noaniq.

B nuqta: Lab oxirida

Sizning AQSh paketingiz: yuqoridagi 7 band. Hujjatlarni oʻzingiz yozasiz; Lab freymvork va baholash mezonini (rubrika) beradi.

Mos keladi

  • AQSh bakalavriatini koʻzlayotgan oʻquvchi va ota-ona — pul va yordam tomonini tushunmoqchi
  • Oʻzbekistonda oʻqiyotgan bakalavr talabasi — Global UGRAD ga tayyorlanmoqchi
  • 2+ yillik tajribali mutaxassis — Fulbright magistraturasini koʻzlaydi
  • Tadqiqot tajribali bakalavr yoki magistr — AQSh PhD moliyasini bilmoqchi
  • AQShga qabul qilingan talaba — I-20, viza va ishlash qoidalarini bilmoqchi

Mos emas

  • Insho, CV yoki SoP yozishni oʻrganmoqchi boʻlganlar → Bachelor Lab, Master Lab yoki PhD Lab
  • TOEFL, IELTS, SAT yoki GRE darsini izlayotganlar — test tayyorlovi kursga kirmaydi
  • Viza natijasini Lab hal qiladi deb kutayotganlar — qarorni konsul qabul qiladi
  • Yordamsiz toʻliq narxni toʻlay olmaydigan va parallel boshqa mamlakatni koʻrib chiqmaydiganlar
  • Kafolat yoki hujjat yozib berish xizmatini izlayotganlar

Ochiq gap. Kompas Lab yangi platforma: bitiruvchilar natijasi hali yoʻq, shuning uchun sahifada natija raqami ham, sharh ham yoʻq. Natijalar faqat talabaning yozma roziligi bilan eʼlon qilinadi va ular bilan birga maqsadga yetmagan holatlar ulushi ham koʻrsatiladi. Hech bir Lab qabul, stipendiya yoki viza kafolatini bermaydi.

Koʻp soʻraladigan savollar

Bachelor Lab bilan farqi nima?

Bachelor Lab universitet tanlash, testlar, insho va tavsiya xatini oʻrgatadi. USA Lab faqat AQShga xos qismni: universitet yordami, CSS Profile, I-20 pul dalili, UGRAD, Fulbright, PhD moliyasi va viza. AQSh bakalavriatiga topshirayotgan boʻlsangiz, ikkalasi bir-birini toʻldiradi.

Fulbright orqali PhD qilsa boʻladimi?

Oʻzbekiston uchun Fulbright Foreign Student Program magistratura uchun. AQShda PhD odatda kafedra orqali moliyalashtiriladi — M7 va PhD Lab.

Grantsiz, universitetning oʻzi orqali borsa boʻladimi?

Ha, lekin xalqaro talabaga toʻliq yordam beradigan universitetlar kam va tanlovli. M3 da ularni rasmiy sahifa va Common Data Set H6 bandi bilan topasiz; M2 da oila byudjeti chegarasini aniqlaysiz.

2 yillik vatanda yashash talabi nima?

Hukumat moliyalashtirgan J-1 dasturlarida (UGRAD, Fulbright) dasturdan keyin vatanda 2 yil yashamaguncha ayrim AQSh vizalari va maqom oʻzgartirish cheklanadi. AQShda qolish rejasi boʻlsa, bu yoʻllar mos emas.

TOEFL va GREʼga tayyorlaysizmi?

Yoʻq. Test tayyorlovi kursga kirmaydi.

Yuridik maslahat berasizmi?

Yoʻq. Viza va immigratsiya boʻyicha faqat rasmiy manbalar va ularning mantigʻi tushuntiriladi.

Nega “Lab” deyiladi?

Lab soʻzi laboratoriyadan olingan. Laboratoriyada bilim tajriba bilan olinadi: savol qoʻyiladi, sinab koʻriladi, natija oʻlchanadi. Kompas Lablari ham shunday ishlaydi: har dars Topshiriq bilan tugaydi, har modul bitta tayyor hujjat bilan yopiladi va hujjat baholash mezoni (rubrika) bilan tekshiriladi.

Manbalar: AQSh elchixonasi: Fulbright, AQSh elchixonasi: Global UGRAD, MIT Student Financial Services, Duke Graduate School, Brown universiteti ISSS, George Mason universiteti OIPS, AQSh Davlat departamenti: talaba vizasi