Lablar / Daraja Lablari / Master Lab
Master Lab

Xorijiy magistraturaga: yoʻnalishdan joʻnashgacha.

Ilmiy yoʻnalishingizni aniqlaysiz, universitet va stipendiyalarni dalil bilan tanlaysiz, CV, tavsiya xati, maqsad bayonnomasi va ilmiy loyiha taklifini oʻzingiz yozasiz, suhbatga tayyorlanasiz va joʻnashni rejalashtirasiz.

9 modul59 darsM0 bepulHaftasiga 4–6 soat4–6 oy

Matnni oʻzingiz yozasiz.

Master Lab yozish usullari, baholash mezonlari va misol tahlilini beradi. Namunalar "Kompas tomonidan tuzilgan oʻquv namunasi" deb belgilanadi — haqiqiy talabalar matni ishlatilmaydi.

Tavsiya xatlarini II bosqichdayoq rejalashtiring. Tavsiya beruvchiga yetarli vaqt bering va xatni topshirish sanasini oldindan kelishing.

Stipendiya muvofiqligi rasmiy sahifadanHar dastur yozuvida rasmiy havola va oxirgi tekshiruv sanasi.
AI vositalari qoidasi (M6.7)Fikr va tahrir uchun foydalanish mumkin; matn va daʼvolar sizniki boʻlishi va dastur qoidalariga mos boʻlishi kerak.
Tavsiya xati: tavsiya beruvchinikiProfessor "oʻzing yoz" desa, siz material tayyorlaysiz, xat matnini yozmaysiz.
Koʻchirib olinadigan tayyor matn berilmaydiKoʻchirib olinadigan tayyor SoP yoki xat berilmaydi.

Dastur yoʻli: 9 modul, 59 dars

Har modulning oʻz sahifasi bor: darslar roʻyxati, natija va kirish holati. Darslar tartib bilan qurilgan, har biri bitta Topshiriq bilan tugaydi.

  1. Bosqich 0: Qaror
  2. M0Magistraturaga tayyorgarlik5 bepul dars. Natija: magistratura turi, rasmiy talablar va shaxsiy tayyorgarlik rejasiBepul, ochiq
  3. Bosqich I: Strategiya
  4. M1Ilmiy yoʻnalish va universitet tanlash7 dars. Natija: 12–15 dastlabki variant → 6–10 tekshirilgan dastur + ilmiy qiziqish bayoniObuna
  5. M2Muddatlar va shaxsiy tayyorgarlik rejasi5 dars. Natija: Arizalarni kuzatish jadvali (Master Tracker), taxminiy Gantt diagrammasi va shaxsiy tayyorgarlik rejasiObuna
  6. Bosqich II: Hujjatlar va muloqot
  7. M3Akademik tarjimayi hol (CV)6 dars. Natija: Akademik tarjimayi hol (CV): PDF va Word dasturida ochiladigan .docObuna
  8. M4Tavsiya xatlari va professor bilan aloqa6 dars. Natija: Tajriba va yutuqlar varaqasi (Brag Sheet) + tavsiya soʻrovlari + professorlarga xatlar + Murojaatlar qaydnomasi (Outreach Log)Obuna
  9. Bosqich III: Maqsad va tadqiqot
  10. M5Maqsad bayonnomasi7 dars. Natija: Maqsad bayonnomasi (Statement of Purpose, SoP), 700–1 000 soʻz + 2 ta dasturga moslashtirilgan variant + tahrir qaydiObuna
  11. M6Ilmiy loyiha taklifi7 dars. Natija: Ilmiy loyiha taklifi (Research Proposal), 1 500–3 000 soʻz (dastur talabiga qarab)Obuna
  12. Bosqich IV: Stipendiya va joʻnash
  13. M7Stipendiyalar va moliyalashtirish8 dars. Natija: Stipendiya portfeli (3 dastur, har biriga muvofiqlik tekshiruvi va muddat)Obuna
  14. M8Viza, suhbat va joʻnash8 dars. Natija: Suhbat savollariga yozib olingan 3 ta javob + 5 daqiqalik ilmiy taqdimot + Joʻnash oldi nazorat roʻyxati (Pre-departure checklist)Obuna

Keyingi qadam

Bepul M0 dan boshlang.

Avval besh bepul darsni oʻqing, rasmiy talablarni tekshiring, keyin qaror qiling.