
Toʻlashdan oldin ochiq yozamiz. Mos kelmasangiz, toʻgʻri Lab yoki keyingi qadamni koʻrsatamiz.
Bakalavrni tugatgansiz yoki tugatyapsiz. Qaysi dastur yoʻnalishingizga mos va CV, maqsad bayonnomasi, tavsiyalarni qanday tayyorlash hali noaniq.
Sizning ariza paketingiz: yuqoridagi 8 band. Hujjatlarni oʻzingiz yozasiz; Lab freymvork va baholash mezonini (rubrika) beradi.
Ochiq gap. Kompas Lab yangi platforma: bitiruvchilar natijasi hali yoʻq, shuning uchun sahifada natija raqami ham, sharh ham yoʻq. Natijalar faqat talabaning yozma roziligi bilan eʼlon qilinadi va ular bilan birga maqsadga yetmagan holatlar ulushi ham koʻrsatiladi. Hech bir Lab qabul, stipendiya yoki viza kafolatini bermaydi.
Oʻquv (taught) magistratura asosan kurslar va imtihonlardan, tadqiqot (research) magistraturasi asosan ilmiy loyihadan iborat. M0.2 da sizga qaysi biri mosligini qaror daraxti bilan aniqlaysiz.
Yoʻq. U tadqiqot magistraturasi, baʼzi stipendiyalar va professorga xatda kerak; oʻquv magistraturasida koʻpincha talab qilinmaydi (M6.1).
Ha, ayrim dasturlar ish tajribasini talab qiladi (masalan, Chevening). M3 da tajribani STAR usulida CVʼga yozasiz.
Yoʻq. M5 da 7 dars: tuzilma, dalil bilan yozish, tahrir va izohli oʻquv namunalari. Matn sizniki boʻladi.
Asosiy obunaga kirmaydi. M8 da oʻzingizni yozib olish va 8 bandli mezon bilan baholash oʻrgatiladi.
DAAD va GKS boʻyicha chuqur yoʻriqnoma alohida Lablarda; Master Labʼda qisqa tavsif va havola.
Lab soʻzi laboratoriyadan olingan. Laboratoriyada bilim tajriba bilan olinadi: savol qoʻyiladi, sinab koʻriladi, natija oʻlchanadi. Kompas Lablari ham shunday ishlaydi: har dars Topshiriq bilan tugaydi, har modul bitta tayyor hujjat bilan yopiladi va hujjat baholash mezoni (rubrika) bilan tekshiriladi.
Manbalar: Chevening, GOV.UK Graduate visa, USN, Study in NL
Email manzilingizni qoldiring: M0 va obuna ochilganda xabar beramiz. Email boshqa maqsadda ishlatilmaydi (maxfiylik siyosati).