
Toʻlashdan oldin ochiq yozamiz. Mos kelmasangiz, toʻgʻri Lab yoki keyingi qadamni koʻrsatamiz.
Ochiq gap. Kompas Lab yangi platforma: bitiruvchilar natijasi hali yoʻq, shuning uchun sahifada natija raqami ham, sharh ham yoʻq. Natijalar faqat yozma rozilik bilan eʼlon qilinadi va ular bilan birga maqsadga yetmagan holatlar ulushi ham koʻrsatiladi. Kompas ishga joylashish yoki viza kafolatini bermaydi.
Yoʻq. Kompas ish topib bermaydi, ish beruvchi bilan bogʻlamaydi va vositachi emas. Rasmiy yoʻllar boʻyicha Migratsiya agentligiga murojaat qiling.
M0.2 va M5 darslarida: litsenziya va rasmiy roʻyxatni tekshirish, toʻlov qayerga va nima uchun qilinayotganini aniqlash, shartnomani oʻqish.
Yoʻq. M0 hamma uchun bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan ochiq.
M1–M7 uchun: har mamlakat yoʻlining talablari, xarajatlari, hujjatlari, shartnomani tekshirish va borgan joydagi huquqlaringiz. Obuna ish, viza yoki vositachilik xizmati emas.
Hozir 4 mamlakat: Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha. Boshqalari keyingi versiyada koʻrib chiqilishi mumkin.
Lab soʻzi laboratoriyadan olingan. Laboratoriyada bilim tajriba bilan olinadi: savol qoʻyiladi, sinab koʻriladi, natija oʻlchanadi. Kompas Lablari ham shunday ishlaydi: har dars Topshiriq bilan tugaydi, har modul bitta tayyor hujjat bilan yopiladi va hujjat baholash mezoni (rubrika) bilan tekshiriladi.
Manbalar: Migratsiya agentligi, Migratsiya agentligi, Kun.uz, Chambers
Email manzilingizni qoldiring: M1–M7 ochilganda xabar beramiz. Email boshqa maqsadda ishlatilmaydi (maxfiylik siyosati).