Lablar / Yoʻnalish Lablari / USA Lab
USA Lab

AQShda oʻqish: yoʻl, pul va viza bir xaritada.

AQShga faqat grant bilan emas, universitetning oʻz yordami, kafedra moliyasi yoki davlat dasturi orqali ham borish mumkin. Lab sizga mos yoʻlni oila byudjetiga qarab tanlashni, har universitetni rasmiy hujjat bilan tekshirishni va viza qoidalarini oldindan bilishni oʻrgatadi.

4 faza9 modul46 darsM0 bepulHaftasiga 3–5 soat

Beshta yoʻl: har birining oʻz puli va vizasi.

USA Lab grantlarni ham, universitetning oʻz yordamini ham, kafedra moliyasini ham qamraydi. Yoʻlni orzuga emas, oilangiz toʻlay oladigan summa va muvofiqlik shartlariga qarab tanlaysiz.

Hujjat yozish (insho, SoP, CV, tavsiya) bu yerda takrorlanmaydi: ular Bachelor, Master va PhD Labʼlarda. USA Lab faqat AQShga xos mexanizm: pul, yordam, dasturlar va viza.

Bakalavr: universitet yordami bilanToʻliq daraja, F-1. Xalqaro talabaga toʻliq yordam beradigan universitetlar kam va tanlovli; oila byudjeti hal qiladi.
Global UGRAD1 semestr, daraja bermaydi, J-1, qaytish majburiy. Yangi sikl eʼloni kutilmoqda.
Fulbright magistraturasi2 yilgacha. Bakalavr diplomi va kamida 2 yillik tajriba; J-1 va 2 yillik vatanda yashash talabi.
Magistratura va PhDPhD koʻpincha kafedra paketi bilan (stipendiya, oʻqish toʻlovidan ozod qilish); magistratura koʻpincha oʻz hisobidan. F-1.
Qizil bayroqlarOila byudjeti nomaʼlum; Fulbright uchun tajriba yoʻq; UGRAD uchun oxirgi kurs; moliyasiz magistraturani oila toʻlay olmaydi.

Dastur yoʻli: 9 modul, 46 dars

Har modulning oʻz sahifasi bor: darslar roʻyxati, natija va kirish holati. Darslar tartib bilan qurilgan, har biri bitta Topshiriq bilan tugaydi.

Keyingi qadam

Bepul M0 dan boshlang.

Avval sizga mos yoʻlni va oila byudjetini aniqlang, keyin qaror qiling.