Lablar / Tez kunda / Tadbirkor Talaba Lab
Tadbirkor Talaba Lab

Oʻqishni toʻxtatmasdan: kichik, qonuniy biznes sinovi.

Haqiqiy muammoni mijozlar bilan suhbatda tasdiqlaysiz, oddiy yechim (MVP) yaratasiz, birinchi toʻlovni olasiz, pul oqimini hisoblaysiz, mos huquqiy shaklda roʻyxatdan oʻtasiz va 30 kunlik sinov natijasiga qarab davom etish yoki toʻxtatishni hal qilasiz.

10 modul54 darsM0 bepul18+Haftasiga 4–5 soat

Qaysi shakl sizga mos?

M5 modulida huquqiy shakl va soliq oʻrgatiladi; bu darslar soliq maslahatchisi yoki yurist tekshiruvidan oʻtadi va muddati oʻtsa yopiladi.

Aniq shartlar (soliq stavkasi, chegaralar, faoliyat turlari) dars matnida emas, Qobiq sahifasida — rasmiy manba va sana bilan.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxsShaxsiy mehnati bilan ruxsat etilgan faoliyat turi. Faqat roʻyxatdagi faoliyat; yollanma ishchi yoʻq. Faoliyat roʻyxatda boʻlsa — eng oddiy boshlanish.
Yakka tartibdagi tadbirkor (YATT)Kengroq faoliyat, ishchi yollash mumkin. Barcha mol-mulki bilan javobgar.
Masʼuliyati cheklangan jamiyat (MChJ)Hamkorlar, investor, IT Park. Hisobot va maʼmuriy yuk koʻproq — jamoa va investitsiya bosqichida.
Kirmaydi"Tez boyish", kriptovalyuta savdosi, MLM va shunga oʻxshash sxemalar.

Dastur yoʻli: 10 modul, 54 dars

Har modulning oʻz sahifasi bor: darslar roʻyxati, natija va kirish holati. Darslar tartib bilan qurilgan, har biri bitta Topshiriq bilan tugaydi.

Keyingi qadam

Ochilishini kuting.

Kutish roʻyxatiga yoziling: Lab ochilganda birinchi boʻlib xabar beramiz.