Koʻp soʻraladigan savollar

Qachon boshlash mumkin?

Hozir kutish roʻyxati ochiq. Lablar va onlayn toʻlov ishga tushganda roʻyxatdagilarga birinchi boʻlib xabar beramiz. Har Labning M0 moduli bepul.

Obuna qanday ishlaydi?

Har Lab alohida obuna: oylik yoki 6 oylik. Avtomatik yechish yoʻq: keyingi oy uchun toʻlamasangiz, obuna oʻzi toʻxtaydi. Umrbod kirish rejasi yoʻq.

Toʻlov va pulni qaytarish shartlari qanday?

Toʻlov hozir yopiq. Bekor qilish va qaytarish shartlari rasmiy toʻlov tizimi ishga tushishidan oldin eʼlon qilinadi. Bepul M0 va rejalashtirgich ochiq.

Darslar video formatdami?

Asosiy format: matn, interaktiv vositalar va ish jadvallari. Har dars bir xil tuzilmada: Diqqat 🔥, Asosiy qism, Xulosa va Topshiriq.

Hujjatlarni oʻrnimga yozib berasizmi?

Yoʻq. Kompas tuzilma, baholash mezoni va tahlil beradi; matnni oʻzingiz yozasiz. Qabul yoki stipendiya kafolati berilmaydi.

18 yoshga toʻlmaganman. Qatnasha olamanmi?

Ha: Bachelor Lab va GKS Lab bakalavriat treki maktab oʻquvchilari uchun. Obunani ota-ona yoki vasiy rasmiylashtiradi; pasport yoki attestat nusxalari yigʻilmaydi.

Bir nechta Lab kerak boʻlsa-chi?

Daraja Labi (Bachelor, Master, PhD) va davlat Labi (GKS, USA, DAAD) birga ishlatilishi mumkin; ikkinchi Lab uchun chegirma rejalashtirilgan.

Darslar qaysi tilda?

Oʻzbek tilida. Xalqaro atamalar avval oʻzbekcha, keyin qavsda inglizcha beriladi, masalan: ilmiy loyiha taklifi (Research Proposal).

Bepul M0 dan boshlang.

Avval Lab sizga mosligini tekshiring, keyin qaror qiling.