
M5.3 darsi aynan shu holat uchun: dissertatsiya, hisobot, konferensiya tezisi, preprint, kod va maʼlumotlar toʻplami ham ilmiy natija. Darsda 3–6 oyda qoʻshiladigan real chiqishlar rejasini tuzasiz. Muayyan dastur nashr talab qiladimi — rasmiy sahifasidan tekshiriladi.
Magistr talabi mamlakat va dasturga qarab farq qiladi; baʼzi tizimlar bakalavrdan keyin PhD qabul qiladi. M0.2 da dastur talablarini rasmiy sahifadan tekshirishni oʻrganasiz. Tayyorgarlik darajasi (Readiness Score) past chiqsa, avval Master Lab tavsiya qilinadi.
Yoʻq. Xatlarni oʻzingiz yozasiz va yuborasiz. Kompas hech kim nomidan professorlarga murojaat qilmaydi va "tanish orqali joylashtirish" xizmatini koʻrsatmaydi.
Yoʻq. M4 modulida 9 dars: tuzilma, baholash mezoni (12 band), kuchsiz va kuchli misollar tahlili va oʻzaro tahrir. Matn sizniki boʻladi. AI vositalaridan foydalanish qoidalari ham alohida darsda (M4.9).
PhD Lab umumiy koʻnikmalarni beradi: ilmiy savol, ilmiy rahbar, xat, taklif, CV. AQSh va GKSʼga xos jarayon (muvofiqlik, formalar, intervyu) USA Lab va GKS Lab D treklarida chuqur. PhD Lab obunachilari uchun D trek chegirmasi rejalashtirilgan.
Asosiy format — matn, interaktiv vositalar va ish stoli: ilmiy rahbar jadvali, xat tuzilmasi tekshirgichi, Gantt konstruktori, moliya portfeli. Video majburiy emas.
Yoʻq. Dastur kirishga va PhDʼning birinchi yiliga tayyorlaydi. Asoschi dissertatsiya va himoya bosqichini hali boshidan kechirmagan, shuning uchun bu mavzular kursga kiritilmagan.
Hozir kutish roʻyxati ochiq. Platforma va onlayn toʻlov ishga tushganda roʻyxatdagilarga birinchi xabar beriladi; M0 bepul boʻladi.
Lab soʻzi laboratoriyadan olingan. Laboratoriyada bilim tajriba bilan olinadi: savol qoʻyiladi, sinab koʻriladi, natija oʻlchanadi. Kompas Lablari ham shunday ishlaydi: har dars Topshiriq bilan tugaydi, har modul bitta tayyor hujjat bilan yopiladi va hujjat baholash mezoni (rubrika) bilan tekshiriladi.
Manbalar (2026-10-15): UKRI, UKRI yoʻriqnomasi, MSCA, RTP, CGRS-D, ATAS, Erasmus Mundus
Email manzilingizni qoldiring: M0 va obuna ochilganda xabar beramiz. Email boshqa maqsadda ishlatilmaydi (maxfiylik siyosati).