Lablar / Daraja Lablari / PhD Lab
PhD Lab

Moliyalashtirilgan doktoranturaga: ilmiy savoldan taklifgacha.

Ilmiy savolingizni aniqlaysiz, mos ilmiy rahbarlarni dalil bilan tanlaysiz, ularga oʻzingiz xat yozasiz va ilmiy loyiha taklifini oʻzingiz tayyorlaysiz. Har bir moliyalashtirish manbasi rasmiy sahifa havolasi va tekshiruv sanasi bilan beriladi.

9 modul 65 dars M0 bepul Sikl 12–18 oy Haftasiga 5–7 soat

Faqat moliyalashtirilgan PhD.

Doktorantura 3–4 yil davom etadi. Oʻz hisobidan oʻqish bu yillar davomidagi toʻlov va yashash xarajatini, viza uchun moliyaviy dalilni va ilmiy rahbar resurslariga bogʻliqlikni nomzodning oʻziga yuklaydi.

PhD Lab oʻz hisobidan PhDʼni maqsad sifatida oʻrgatmaydi. Bu qoida bepul M0 modulida, toʻlovdan oldin tushuntiriladi — u baʼzi nomzodlarni toʻlashdan qaytarishi mumkin.

Doktorlik oʻrni (studentship)Oʻqish toʻlovi va yashash stipendiyasi bilan. Buyuk Britaniyada keng tarqalgan.
Maoshli PhDIsh shartnomasi bilan lavozim: Niderlandiya, Skandinaviya, Shveytsariya.
Assistentlik (RA/TA)Loyiha yoki dars evaziga moliyalashtirish: AQSh, Kanada.
Hukumat stipendiyasi va loyiha oʻrinlariEl-yurt umidi, GKS, MEXT, MSCA doktorlik tarmoqlari.
Oʻz hisobidan PhDDastur maqsadi emas. M0.3 darsida xavflari ochiq tushuntiriladi.

Dastur yoʻli: 9 modul, 65 dars

Har modulning oʻz sahifasi bor: darslar roʻyxati, natija va kirish holati. Darslar tartib bilan qurilgan, har biri bitta Topshiriq bilan tugaydi.

Keyingi qadam

Bepul M0 dan boshlang.

Avval PhD hozir sizga mosligini tekshiring, keyin qaror qiling.