Ommaviy oferta

Kompas Lab obuna xizmati shartlari

Tahrir sanasi: 06.11.2026. Toʻlov qilingan kundagi tahrir shu toʻlov davri uchun amal qiladi.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu hujjat Kompas Lab (keyingi oʻrinlarda “Kompas”) tomonidan kompaslab.uz sayti orqali Kompas Lab oʻquv materiallariga obuna xizmatini taklif qiluvchi ommaviy ofertadir (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi).

1.2. Toʻlov sahifasida shartlarga rozilikni belgilab, toʻlovni amalga oshirgan shaxs (keyingi oʻrinlarda “Foydalanuvchi”) ofertaning barcha shartlarini qabul qilgan hisoblanadi (aksept). Aksept sanasi: Click toʻlovni tasdiqlagan kun.

1.3. Ofertaning amaldagi tahriri kompaslab.uz/oferta sahifasida sana bilan joylashadi. Toʻlov qilingan kundagi tahrir shu toʻlov davri uchun amal qiladi.

2. Xizmat mazmuni

2.1. Kompas Foydalanuvchiga tanlangan Lab boʻyicha oʻquv materiallariga (darslar, interaktiv vositalar, baholash mezonlari, namunalar) obuna muddati davomida saytda kirish huquqini beradi.

2.2. Kompas quyidagilarni qilmaydi: hujjatni Foydalanuvchi oʻrniga yozmaydi; ariza topshirmaydi; shaxsiy mentorlik, agentlik yoki vositachilik xizmati koʻrsatmaydi; ish, viza, qabul yoki stipendiya topib bermaydi.

2.3. Kompas qabul, stipendiya, viza yoki ish natijasini kafolatlamaydi. Natija Foydalanuvchining oʻz ishi, tanlov qoidalari va qabul qiluvchi tomonning qaroriga bogʻliq.

2.4. Har Labning M0 moduli bepul. M0 Foydalanuvchiga toʻlashdan oldin dastur oʻziga mosligini tekshirish uchun beriladi. Bepul qism uchun ofertaning toʻlov shartlari qoʻllanmaydi.

2.5. Darslardagi muddat, kvota, toʻlov miqdori kabi oʻzgaruvchan faktlar “… holatiga” belgisi va rasmiy manba havolasi bilan beriladi. Ariza topshirishdan oldin Foydalanuvchi ularni rasmiy saytdan qayta tekshiradi.

2.6. Foydalanuvchining oʻrni tashkilot (OTM, maktab, oʻquv markazi) tomonidan toʻlangan boʻlsa, toʻlov, muddat va oʻrinni almashtirish tashkilot bilan tuzilgan alohida yozma shartnomada belgilanadi. Ushbu ofertaning 2, 6, 7, 8-boʻlimlari bunday Foydalanuvchiga ham amal qiladi.

3. Tariflar va narx

3.1. Har Lab alohida obuna. Tariflar: Oylik va 6 oylik. Amaldagi narxlar har Labning narx sahifasida va toʻlov sahifasida koʻrsatiladi. Toʻlov sahifasida koʻrsatilgan summa yakuniy hisoblanadi.

3.2. Oylik tarif: har toʻlov Labning navbatdagi bitta fazasini ochadi. Faza hajmi: Bachelor Labda 4 modul, Master va USA Labda 2 modul, GKS Labda I faza M1–M2, keyingi fazalar tanlangan trek (U, M yoki D) boʻyicha bittadan modul. Ochiladigan modullar toʻlovdan oldin toʻlov sahifasida koʻrsatiladi.

3.3. Oylik tarifda kirish muddati toʻlov kunidan boshlab 30 kun. Oldingi davrning ishlatilmagan kunlari keyingi davrga qoʻshilmaydi: har yangi toʻlov yangi 30 kunni toʻlov kunidan boshlaydi. Keyingi faza yangi toʻlov bilan ochiladi, fazani muddatidan oldin tugatgan boʻlsangiz ham.

3.4. 6 oylik tarif: Labning barcha modullari toʻlovdan keyin birdaniga ochiladi va 6 oy oxirigacha ochiq turadi. Amaldagi 6 oylik obuna boʻlsa, yangi muddat uning oxiriga qoʻshiladi.

3.5. Obuna muddati tugashi bilan ochilgan modullarga kirish yopiladi. Foydalanuvchining oʻz javoblari uning brauzerida qoladi.

3.6. Narxlar oʻzgarishi mumkin. Oʻzgarish allaqachon toʻlangan davrga taʼsir qilmaydi.

3.7. Avtomatik takroriy yechish yoʻq. Har davr uchun Foydalanuvchi oʻzi toʻlaydi.

4. Toʻlov

4.1. Toʻlov Click orqali, Click sahifasida amalga oshiriladi. Karta maʼlumotlari Kompasga kelmaydi.

4.2. Toʻlov tasdiqlangandan keyin kirish avtomatik ochiladi. Kirish 24 soat ichida ochilmasa, Foydalanuvchi buyurtma raqami (T bilan boshlanadi) va Click chekini koʻrsatib kompaslab.uz@gmail.com ga yozadi.

4.3. Toʻlov cheki Click tizimi tomonidan beriladi. Buyurtma raqami va holati foydalanuvchi kabinetida koʻrinadi.

5. Bekor qilish va pulni qaytarish

5.1. Foydalanuvchi obunani istalgan vaqtda toʻxtatishi mumkin: keyingi davr uchun toʻlov qilmaydi, toʻlangan davr oxirigacha kirish saqlanadi.

5.2. Har Labning M0 qismi bepul boʻlgani sababli, toʻlov qilinib, raqamli kontentga kirish ochilgandan keyin toʻlangan summa qaytarilmaydi.

5.3. Istisno, texnik xato holatlari. Quyidagi hollarda tegishli summa toʻliq qaytariladi:
  • pul bir buyurtma uchun ikki marta yechilgan;
  • toʻlovdan keyin 72 soat ichida kirish ochilmagan va murojaatdan keyin ham ochib berilmagan;
  • yechilgan summa toʻlov sahifasidagi summadan farq qiladi.

5.4. Qaytarish soʻrovi kompaslab.uz@gmail.com ga buyurtma raqami va Click cheki bilan yuboriladi va 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Pul foydalanuvchi toʻlagan usul bilan qaytariladi.

6. Foydalanuvchining majburiyatlari

6.1. Hisob maʼlumotlarini boshqaga bermaslik; bitta hisobdan bitta shaxs foydalanadi.

6.2. Oʻquv materiallarini koʻchirib tarqatmaslik, sotmaslik, ommaviy joylamaslik. Materiallarda “kompaslab.uz” suv belgisi bor.

6.3. Akademik halollik: Kompas namunalari (“Kompas tuzgan namuna” deb belgilangan) faqat oʻqish uchun; ularni oʻz hujjati sifatida topshirmaslik.

6.4. Ariza, hujjat va toʻlovlar boʻyicha barcha qarorlarni Foydalanuvchi oʻzi qabul qiladi.

7. Kompasning majburiyatlari

7.1. Toʻlangan muddat davomida saytdagi materiallarga kirishni taʼminlash (rejali texnik ishlar bundan mustasno, ular haqida oldindan xabar beriladi).

7.2. Faktlarni rasmiy manba va tekshiruv sanasi bilan berish, aniqlangan xatoni tuzatish.

7.3. Shaxsga doir maʼlumotlarni Maxfiylik siyosati boʻyicha himoya qilish.

8. Javobgarlik

8.1. Kompas uchinchi tomon (universitet, stipendiya dasturi, elchixona, toʻlov tizimi, internet provayder) qarorlari va xatolari uchun javob bermaydi.

8.2. Kompasning javobgarligi foydalanuvchi joriy davr uchun toʻlagan summa bilan cheklanadi.

9. Nizolar

9.1. Nizolar avval yozma soʻrov orqali (kompaslab.uz@gmail.com) 10 ish kuni ichida hal qilinadi.

9.2. Hal boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida koʻriladi.