
Bu siyosat kompaslab.uz sayti va Kompas Lab xizmati (keyingi oʻrinlarda “Kompas”) uchun amal qiladi. Shaxsga doir maʼlumotlar boʻyicha har qanday savol, soʻrov yoki shikoyatni kompaslab.uz@gmail.com manziliga yoki Telegram orqali yuboring.
kompas_vid), tashrif sanasi, ilova telefonga oʻrnatilganmi va qurilma turi (Android, iOS yoki kompyuter). Bu raqam ism yoki email bilan bogʻlanmaydi.Brauzeringizda qoladigan maʼlumot. M0 darslaridagi javoblar, magistratura rejalashtirgichi (Master Planner), tovush va globus sozlamalari faqat qurilmangizdagi brauzer xotirasida (localStorage) saqlanadi va serverga yuborilmaydi. Brauzer xotirasini tozalasangiz, ular oʻchadi.
Pasport, attestat, bank kartasi, sogʻliq, biometrik yoki genetik maʼlumot soʻralmaydi. Bunday maʼlumotni hech qaysi maydonga yozmang.
Maʼlumotlaringiz sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi va quyidagi 4-banddagi xizmat koʻrsatuvchilardan boshqa hech kimga berilmaydi. Qonun talab qilgan hollar bundan mustasno.
Kompas oʻzi server yuritmaydi. Quyidagi xizmatlar faqat oʻz vazifasi doirasida maʼlumotga ishlov beradi:
Yuqoridagi xizmatlarning serverlari Oʻzbekistondan tashqarida joylashgan. 27.03.2026 dan amaldagi tahrirga koʻra Oʻzbekiston hududida saqlanishi shart boʻlgan maʼlumotlar biometrik va genetik maʼlumotlar hamda telekommunikatsiya operatorlari foydalanuvchilari maʼlumotlaridir (norma.uz, 02.04.2026). Kompas bunday maʼlumot yigʻmaydi. Kutish roʻyxatiga yozilish yoki roʻyxatdan oʻtish bilan maʼlumotlaringiz shu xizmatlar orqali Oʻzbekistondan tashqarida saqlanishiga rozilik bildirasiz.
Siz Kompasdagi maʼlumotlaringiz haqida bilish, ulardan nusxa olish, xatosini tuzattirish, oʻchirishni talab qilish va roziligingizni qaytarib olish huquqiga egasiz. Soʻrovni roʻyxatdan oʻtgan emailingizdan kompaslab.uz@gmail.com ga yuboring: bu sizning emailingiz ekanini tekshirish uchun kerak. Imkon qadar 10 ish kuni ichida javob beramiz. Kutish roʻyxatidan chiqish uchun ham shu manzilga yozing.
18 yoshga toʻlmagan foydalanuvchi ota-onasi yoki vasiyining roziligi bilan roʻyxatdan oʻtadi. Obuna va toʻlovni ota-ona yoki vasiy rasmiylashtiradi. Ota-ona farzandi haqidagi maʼlumotni koʻrish yoki oʻchirishni yuqoridagi email orqali soʻrashi mumkin.
Sayt faqat shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali ishlaydi. Bazada har foydalanuvchi faqat oʻz yozuvlarini koʻradi; barcha yozuvlarni faqat Kompas administratori koʻradi. Maʼlumot sizib chiqqani aniqlansa, tegishli foydalanuvchilarga email orqali xabar beramiz.
Siyosat oʻzgarsa, yangi matn shu sahifada yangi sana bilan chiqadi. Muhim oʻzgarish boʻlsa, roʻyxatdan oʻtganlarga email yuboriladi.
Lab va email manzilingizni qoldiring: ochilishi bilan xabar beramiz. Email boshqa maqsadda ishlatilmaydi (maxfiylik siyosati).