Kompas Labni qoʻllab-quvvatlash

Har Labdagi M0 bepul. Loyihaga ulashish, xato haqida xabar, fikr yoki Click orqali ixtiyoriy donat bilan yordam berishingiz mumkin.

Hozir qila oladigan ishlar

Ulashing

Xorijda oʻqishni oʻylayotgan tanishingizga yuboring. Oʻzbek tilidagi bepul M0 kimgadir birinchi qadamni oson qiladi.

Xato topsangiz, yozing

Eskirgan muddat, buzilgan havola, notoʻgʻri fakt. Sahifa manzili va bir jumla izoh yetarli: rasmiy manba bilan tekshirib, tuzatamiz.

kompaslab.uz@gmail.com
Fikr bildiring

Qaysi dars tushunarsiz boʻldi, nima yetishmadi, qaysi Lab kerak. Har xabar oʻqiladi.

Telegramda yozish

Pul bilan qoʻllab-quvvatlash

Tayyorlanmoqda: rasmiy toʻlov tizimi ulangach shu yerda ochiladi.

Qoidalar
  • Ixtiyoriy. Bu obuna emas: evaziga pullik modul ochilmaydi, imtiyoz berilmaydi.
  • Kompas Lab xayriya tashkiloti emas. Donat loyiha daromadi sifatida hisobga olinadi va kontent hamda saytni yuritishga sarflanadi.
  • Summa 1 000 dan 10 000 000 soʻmgacha. Notoʻgʻri summa toʻlangan boʻlsa, Click chekidagi toʻlov raqami bilan kompaslab.uz@gmail.com ga yozing.
  • Faqat rasmiy toʻlov sahifasi orqali (Click). Bu saytda karta raqami soʻralmaydi.
  • Kompas Lab hech kimdan shaxsiy karta raqamiga pul soʻramaydi. Kimdir Kompas Lab nomidan karta raqami yuborsa, bu firibgarlik: kompaslab.uz@gmail.com ga xabar bering.