Savollar

Kimga mos va kimga mos emas

Toʻlashdan oldin ochiq yozamiz. Mos kelmasangiz, toʻgʻri Lab yoki keyingi qadamni koʻrsatamiz.

A nuqta: hozir

Xorijda bakalavr oʻqishni xohlaysiz, lekin qaysi davlat va universitet, qaysi test va qancha xarajat kerakligi hali tarqoq.

B nuqta: Lab oxirida

Oʻquvchining ariza paketi: yuqoridagi 8 band. Hujjatlarni oʻzingiz yozasiz; Lab freymvork va baholash mezonini (rubrika) beradi.

Mos keladi

  • 10–11-sinf oʻquvchisi (15–18 yosh), STEM fanlariga qiziqadi
  • Litsey yoki kollej oʻquvchisi — attestat yoki diplom xorijda qanday baholanishini bilmoqchi
  • Maktabni bitirgan, 1 yil tanaffus qilgan oʻquvchi
  • Mahalliy universitetning 1-kurs talabasi — xorijga qayta topshirmoqchi
  • Ota-ona — xavfsizlik, haqiqiy xarajat va firibgarlikdan himoyani tushunmoqchi

Mos emas

  • Aniq yoʻnalishi yoʻq va "chet elga ketsam boʻldi" deydiganlar
  • Birinchi muddatgacha 6 oydan kam qolganlar (Oxford, Cambridge va tibbiyot uchun 8 oydan kam)
  • Ingliz tili boshlangʻich darajada va uni koʻtarish rejasi yoʻq oʻquvchilar
  • Faqat GKS yoki MEXT izlayotganlar → GKS Lab yoki MEXT Lab (tayyorlanmoqda)
  • Magistraturaga topshirayotganlar → Master Lab
  • Fan darsini (matematika, fizika, ingliz tili) izlayotganlar — Lab fan oʻqitmaydi
  • Oʻzbekistondagi OTMga kirmoqchi boʻlganlar — Abitur Lab (tayyorlanmoqda)
  • "Qabul kafolati" yoki insho yozib berish xizmatini izlayotganlar

Ochiq gap. Kompas Lab yangi platforma: bitiruvchilar natijasi hali yoʻq, shuning uchun sahifada natija raqami ham, sharh ham yoʻq. Natijalar faqat talabaning yozma roziligi bilan eʼlon qilinadi va ular bilan birga maqsadga yetmagan holatlar ulushi ham koʻrsatiladi. Hech bir Lab qabul, stipendiya yoki viza kafolatini bermaydi.

Koʻp soʻraladigan savollar

Qaysi sinfda boshlash kerak?

Birinchi ariza muddatidan 8–12 oy oldin — odatda 10-sinf oxiri yoki 11-sinf boshi. M0 da shaxsiy boshlash sanangizni hisoblaysiz.

IELTS yoki SATʼga tayyorlaysizmi?

Yoʻq. M5 modulida test strategiyasi va kalendari tuziladi; tayyorlov darslari kursga kirmaydi.

11 yillik attestat bilan xorijga kirish mumkinmi?

Mamlakatga qarab farq qiladi: Germaniyada Studienkolleg talab qilinishi mumkin, Buyuk Britaniyada koʻp universitetlar tayyorlov yilini soʻraydi. M1 va M2 da har universitetning rasmiy talabi tekshiriladi.

Inshoni yozib berasizmi?

Yoʻq. M9–M10 da tuzilma, mezon va tahrir bosqichlari oʻrgatiladi; matnni oʻquvchi yozadi.

Ota-ona nimani koʻradi?

Har oy qisqa hisobot: qaysi faza, qaysi hujjatlar tayyor, yaqin muddatlar. Oʻquvchi roziligi bilan; insho matni koʻrsatilmaydi.

Faqat Koreya yoki Yaponiyaga topshirmoqchiman.

GKS va MEXT boʻyicha chuqur yoʻriqnoma GKS Lab (U trek) va MEXT Labʼda (tayyorlanmoqda).

Nega “Lab” deyiladi?

Lab soʻzi laboratoriyadan olingan. Laboratoriyada bilim tajriba bilan olinadi: savol qoʻyiladi, sinab koʻriladi, natija oʻlchanadi. Kompas Lablari ham shunday ishlaydi: har dars Topshiriq bilan tugaydi, har modul bitta tayyor hujjat bilan yopiladi va hujjat baholash mezoni (rubrika) bilan tekshiriladi.

Manbalar: Common App (College Transitions), UCAS (QUB), uni-assist, USN